Jahon | 10:03 / 26.09.2016
4121
1 daqiqa o‘qiladi

Budapeshtdagi portlashni sodir etishdan maqsad politsiya bo‘lgan

25 sentabrga o‘tar kechasi Vengriya poytaxti Budapesht markazidagi portlashni sodir etishdan maqsad politsiya xodimlarini nishonga olish bo‘lgan, deb xabar bermoqda Index.

Vengriya politsiyasi bosh komissariati boshlig‘i Karol Papp portlashni sodir etgan erkakni qidirishga yuzlab politsiyachilar jalb qilinganini aytdi. Uning aytishicha, politsiya ushbu jinoyatda 20-25 yoshlar atrofidagi yosh yigitni gumon qilmoqda

Ta'kidlanishicha, politsiya 145 ta kuzatuv kamerasidan olingan videomaterialni tahlil qilib chiqqan. Tergov aksilterrorchilik markazi, fuqarolik razvedkasi va milliy mudofaa xizmati bilan birgalikda olib borilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid