Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq AQSh harbiylari va IShID o‘rtasidagi muzokaralar yozuviga egaligini da'vo qilmoqda
Foto: © AFP
Rasmiy Damashq hukumati, amerikalik harbiylarning IShID jangarilari bilan olib borgan muzokaralari yozilgan ma'lumotlarga egaligini ta'kidlamoqda. Amerikaliklar, Dayr az-Zordagi Suriya armiyasiga berilgan aviazarbalar ortidan jangarilarning hujum qilishi arafasida muzokaralar olib borgan, deya ta'kidlamoqda SAR Xalq kengashi raisi Xadiya Abbos.
"IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya" samolyotlari 17 sentabr kuni Dayr az-Zor aerodromi yaqinida IShID jangarilari qurshovida qolgan Suriya qo‘shinlariga 4 marta havo zarbasi bergan edi. Buning oqibatida 62 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 100ga yaqin askar jarohatlangandi. AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi mazkur havo zarbalari xato berilganini tan olgan edi.
"Suriya armiyasi ushbu zarbalardan avvalroq amerikaliklar va IShID o‘rtasidagi muzokaralarni tinglagan… Amerika kuchlari zarbalarni amalga oshirgach, jangarilarni Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga yo‘naltirgan", — degan Xadiya Abbos Tehronda.
Abbosning so‘zlarini keltirgan Livanning "Al-Mayadin" telekanaliga ko‘ra, Damashq AQShning Dayr az-Zordagi Suriya kuchlariga qasddan zarba berganini isbotlovchi dalillarga ega.
Bu ma'lumotlar keyinroq oshkor qilinadi, degan parlament spikeri.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20 / 10.02.2026
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09 / 10.02.2026