
Davom etayotgan harbiy tergov Erondagi boşlanğiç maktabga berilgan «Tomahawk» raketa zarbasi uçun AQŞ javobgar ekanini aniqladi. Bu haqda AQŞ rasmiylari va dastlabki xulosalar bilan taniş bölgan New York Times manbalari xabar bermoqda.
Dastlabki tergov natijalariga köra, «Şajarayi Toyyiba» boşlanğiç maktabi binosiga berilgan zarba – AQŞ harbiylarining nişonni belgilaşdagi xatosi oqibatida yuz bergan. 28 fevral kuni harbiylar maktabga tutaş bölgan va ilgari maktab binosi ham uning tarkibiga kirgan Eron harbiy bazasiga zarbalar berayotgandi. Tergov böyiça ma’lumotga ega şaxslarning aytişiça, AQŞ Markaziy qömondonligi ofitserlari zarba koordinatalarini Mudofaa razvedka boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan eskirgan ma’lumotlar asosida tuzgan.

Tergovdan xabardor bölgan şaxslarning aytişiça, nima uçun eskirgan ma’lumotlardan foydalanilgani va ma’lumotlarni tekşirişda kim xatoga yöl qöyganiga doir köplab savollar hali ham javobsiz qolmoqda.
Bolalar bilan töla maktabga zarba berilişi sönggi ön yilliklardagi eng dahşatli harbiy xatolardan biri sifatida tarixda qoladi. Eron rasmiylariga köra, halok bölganlar soni kamida 175 kişini taşkil etadi, ularning aksariyati bolalardir.
Notöğri nişon: maktab qanday qilib nişonga aylandi?
Minob şahridagi maktab AQŞ harbiy zarbalarining asosiy nişonlaridan biri bölgan Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi (IRGC) harbiy-dengiz floti foydalanadigan binolar bilan bir blokda joylaşgan. Maktab hududi dastlab harbiy bazaning bir qismi bölgan. Tergov xulosalariga köra, bino har doim ham maktab bölmagan, biroq uning aynan qaçon oçilgani hali aniq emas.




















