Jahon | 23:11 / 26.09.2016
6107
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament qo‘mitasi Ukraina bilan vizasiz rejimni tasdiqladi

Yevropa parlamentining fuqarolar erkinligi, adliya va ichki ishlar qo‘mitasi Ukrainaga YeI bilan vizasiz rejimi berilishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi. 

Qisqa muddatli vizalarning bekor qilinishi uchun 39 nafar deputat ovoz berdi, 4 nafari esa bunga qarshi chiqdi. Endi bu masala joriy yilning oktabrida Strasburgda bo‘lib o‘tadigan Yevroparlamentning kelgusi sessiyasida ovozga qo‘yiladi. 

2016 yilning iyulida Yevrokomissiya Ukrainadagi muvaffaqiyatli islohotlar haqida ma'lum qildi va vizasiz rejim oktabr oyida yo‘lga qo‘yilishini taxmin qildi. Yevropa komissiyasining qo‘shnichilik siyosati masalalari bilan shug‘ullanuvchi Yoxannes Xan ham xuddi shunday prognoz qildi. "Umid qilamanki, bu qaror oktabrda o‘z tasdig‘ini topadi", - dedi u. U Yevroittifoq Kiyevni siyosiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qildi. 

YeI bilan vizasiz rejimni liberallashtirish Kiyev hukumati tashqi siyosatining maqsadlaridan biri hisoblanadi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid