Jamiyat | 09:47 / 26.09.2016
10670
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyam va malika Keytning to‘ng‘ich farzandi Kanada bosh vaziriga qo‘l berishdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va malika Keyt farzandlari bilan Kanadaning Viktoriya shahriga kelgandan keyin, ularning to‘ng‘ich farzandi – shahzoda Jorj Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘l berishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda People nashri.

Uch yoshli bolakay Tryudo uning oldida cho‘kkalab, unga "besh bermoqchi" bo‘lganda biroz iymandi. Ushbu holat qirollik oilasining Kanadaga tashrifi doirasida Viktoriyaga qo‘ngan samolyot yonida sodir bo‘ldi.

Kanada bosh vaziri Jorj bilan suhbat chog‘ida goh uning qo‘lini siqmoqchi, goh "besh tashlamoqchi" bo‘ldi, biroq bola faqatgina boshini chayqab turdi.

Qirollik oilasining Kanadaga tashrifi Uilyam va Keytning 16 oylik qizi Sharlottaning birinchi xorijiy safari bo‘ldi.


 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid