Jahon | 20:28 / 26.09.2016
6481
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 14 mingga yaqin kishi kuzgi xizmatga chaqiriladi

Oktyabr-noyabr oylarida Ukraina qurolli kuchlarining shoshilinch xizmati va boshqa harbiy shakllariga chaqirilganlar soni 13 908 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi xabar bermoqda.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 26 sentabr kuni chaqiriluvchilarni demobilizatsiyasi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Hujjatda ma'lum qilinishicha, 7908 kishi armiya xizmatiga, 5 ming kishi esa milliy gvardiyaga va ming kishi davlat transporti maxsus xizmatiga yo‘naltiriladi.
Ukraina, armiya

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid