O‘zbekiston | 11:03 / 26.09.2016
7491
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Polsha bilan diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim o‘rnatadi

2016 yilning 26 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Polsha Respublikasi hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Ushbu hujjat 2015 yilning 10 sentabr kuni Varshava shahrida imzolangan. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Mazkur xalqaro shartnomada O‘zbekiston va Polsha diplomatik pasport egalarining kirish, chiqish, tranzit va har 180 kun davomida 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ikkinchi davlat hududida bo‘lishlari uchun vizasiz rejimga amal qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston yoki Polsha diplomatik pasport egalari, diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassalarda ishga tayinlansa, akkreditatsiya muddati davomida viza rasmiylashtirmasdan qabul qiluvchi davlatga kirishi, chiqishi va uning hududida bo‘lishi mumkin.

Mazkur bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid