Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar salomatligi yo‘lida Turkiyaning malakali shifokorlari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
“Sog‘lom avlod uchun” fondi jismonan baquvvat, ma'nan yetuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog‘lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Sizga ma'lumki, “Sog‘lom avlod uchun” fondi xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, Hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta'minlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish yo‘lida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2016 yil davomida Fond onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH fondi, “Vision Care Servise” va “Siloam Center for the Blind” xayriya tashkilotlari, Ewha Womans University, Severance University, In Xa va Pundan Cha Universitetlari gospitallarida tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan O‘zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog‘lomlashtirdi.
Bu sohada Fond Turkiya Respublikasi bilan bir qator sog‘lomlashtirish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 sentabr 2016 yilda tasdiqlangan 10/1-139-sonli tashrif Dasturi asosida 2016 yilning 28 sentabr-8 oktabr kunlari Turkiya Respublikasining malakali shifokorlari (19 nafar professor plastik jarrohlar, anesteziologlar va boshqa mutaxassislar) tomonidan Respublikamiz hududida: (30 sentabr-6 oktabr kunlari soat 09:00-18:00gacha Farg‘ona shahridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (Alisher Navoiy ko‘chasi 56-uy) Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan yuz sohasidagi tug‘ma va kuyishdan keyingi asoratlar, yuqori lab va qattiq tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishib, og‘ir deb topilgan bemor bolalar jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtiriladi. Turkiya Respublikasidan kelgan ushbu delegatsiya a'zolari o‘zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari yordamida qo‘yilgan tashxislar asosida bemorlarni davolaydilar.
Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 2015 yilning 15-25 oktabr kunlari Turkiya Respublikasining malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurib, jami 381 nafar yuqorida ko‘rsatilgan tashxisli bemor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. Shulardan og‘ir deb topilgan 109 nafar bemor bolalarni jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirilgan edi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026