Jahon | 19:15 / 27.09.2016
8255
1 daqiqa o‘qiladi

Xameneiy Ahmadinajodga 2017 yilgi prezidentlik sayloviga oid maslahat berdi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodning bayonot berishicha, u 2017 yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surmaydi, deb xabar qilmoqda Le Figaro nashri.

U Eron Islom Respublikasining diniy rahnamosi oyatullo Ali Xameneiy Ahmadinajodga prezidentlik uchun kurashmaslikni tavsiya qilganidan so‘ng, shunday qarorga kelgan. 

"Men sizga shuni ma'lum qilmoqchimanki, kelasi yilda prezidentlik uchun kurashmoqchi emasman", - deb yozgan Ahmadinajod Xameneiyga yo‘llagan maktubida. Uning maktubini Eron OAV chop etgan. 

2017 yilning may oyida Eronda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 

Ahmadinajod Eron prezidenti lavozimini 2013 yil 4 avgustda tark etgan edi. Uning o‘rnini o‘sha yilning 14 iyun kuni prezident sifatida saylangan Hasan Ruhoniy egallagan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid