Jahon | 09:11 / 27.09.2016
5403
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Klinton saylovdan keyin bir-birini qo‘llab-quvvatlashga va'dalashdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp 26 sentabr kuni Nyu-Yorkdan 40 km uzoqlikda joylashgan Hempsted shahridagi Hofstr universitetida birinchi marta teledebatlarda yuzma-yuz uchrashdi.

Avvaliga Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp saylovda raqibi Hillari Klinton g‘olib chiqsa, uni qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgan.

"U g‘olib chiqishiga ko‘zim yetmaydi. Lekin agar shunday bo‘lib qolgan taqdirda ham men unga qarshi ish qilmayman va uni qo‘llab-quvvatlayman", degan Tramp ilk teledebat yakunida.

O‘z navbatida Hillari Klinton ham shunday savolga javoban "demokratiyani qo‘llab-quvvatlashi va saylovchilarning tanlovini hurmat qilishi" haqida aytgan.

"Men Tramp qandaydir gumonlar paydo qilishga urinayotganini bilaman, lekin umid qilamanki, odamlar bu biz haqimizda emas, o‘zlari haqida ekanini tushunishadi", degan Klinton xonim.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid