Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Umumevropa armiyasini tashkil etish g‘oyasini bloklab qo‘yish bilan tahdid qildi
Britaniya hukumati Yevropaning yagona armiyasi yoki qurolli kuchlar ustidan yagona qo‘mondonlik tashkil etish borasidagi har qanday g‘oyaga qarshi chiqmoqda. Bu haqda, YeI mudofaa vazirlarining Bratislavada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Buyuk Britaniya vakili Maykl Fellon ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Birlashgan Qirollikka ko‘ra, Yevropa xavfsizligini ta'minlash vazifasini YeI emas, asosan NATO bajarishi lozim. Shunga muvofiq, London YeI tarkibida ekan, Yevropaning yagona qurolli kuchlarini tashkil etishga qarshi chiqadi. Fellonning ta'kidlashicha, Shvetsiya, Niderlandiya, Polsha, Latviya va Litva davlatlari ham shunday fikrda.
«Yevropa shundog‘am turli xil shtablarga to‘lib yotibdi. Bizga yangisi kerak emas», —degan Fellon.
O‘z navbatida Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv le Drian va uning germaniyalik hamkasbi Ursula fon der Lyayyenlarning qayd etishlaricha, gap yagona Yevropa armiyasini tashkil etish haqida borayotgani yo‘q.
Parij va Berlin jangovar missiyalar va harbiy texnikalar, jumladan vertolyotlar, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalarga ko‘proq mablag‘ ajratish hamda xorijiy mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarda ko‘proq ishtirok etish va kiberxavfsizlikni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
10:26
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:44 / 08.07.2026