Jahon | 20:15 / 28.09.2016
5180
1 daqiqa o‘qiladi

Etihad Airways samolyoti Abu-Dabiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi


Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways milliy aviakompaniyasining bortida 329 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyoti mamlakat poytaxti Abu-Dabi shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa 27 sentabrda yuz bergan. O‘shanda, Abu-Dabi-Sidney yo‘nalishi bo‘yicha EY450 reysini amalga oshirayotgan Boeing-777 havo kemasi Abu-Dabidan havoga ko‘tarilgach, ko‘p o‘tmay BAA poytaxtiga qaytgan. Bunga dvigatelning ishdan chiqqani sabab bo‘lgan. 

Biroq, hozircha, dvigatel nima sababdan ishlamay qolganiga oydinlik kiritilmagan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid