Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft eksporti bo‘yicha kelishuv haqida xabarlar ortidan Brent nefti narxi 6 foizga ko‘tarildi
OPeK (neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) a'zolari bir kunlik o‘rtacha neft qazib olishni 32,5 million barrel bo‘lishini kelishib olishdi. Bu haqda OPeK delegatsiyasi manbasiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jazoirdagi uchrashuvda erishilgan kelishuv 2016 yilning noyabr oyidan kuchga kiradi. Shundan so‘ng, OPeK a'zolari neft eksport qiluvchi boshqa mamlakatlarga cheklov haqida taklif kiritishadi.
Kelishuv haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqalgach, neftning Brent markasi 6 foizga (1 barrel - 48,73 dollar) ko‘tarildi.
Mavzuga oid
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
16:02 / 02.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfi fonida OPeK+ neft hajmini oshiradi
15:24 / 05.04.2025
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
12:37 / 27.10.2024