AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan kiritilgan keng qamrovli import bojlari va Xitoyning javob çoralari fonida Brent markali neft narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tuşdi. Londonning ICE Futures birjasida 4 aprel, juma kuni Brent markasidagi neftning iyun fyuçerslari narxi 8,02 foizga tuşib ketdi va bir barrel uçun kamida 64,35 dollarni taşkil qildi. Oxirgi marta neft 3,5 yil avval — 2021 yilning 23 avgustida 65 dollardan arzonroq bölgan edi.
Sönggi ikki savdo sessiyasida neft narxi 13,59 foizga arzonlaşgan. Bu pasayiş Tramp 2 aprel kuni 183 mamlakat tovarlariga yangi tariflarni e’lon qilganidan keyin boşlandi. Ular turli mamlakatlar uçun 10 foizdan 50 foizgaça böladi. Tramp körilayotgan çora-tadbirlarni sönggi yillarda «yaqin va uzoq davlatlar, döstlar va duşmanlar tomonidan talon-toroj qilingan, zörlangan va öğirlangan» AQŞ iqtisodiyotini tiklaş zarurati bilan izohladi.
Neft bozorining pasayişiga OPEK+'ning may oyida xomaşyo qazib olişni oldindan rejalaştirilgan 135 ming barrel örniga kuniga 411 ming barrelga oşiriş rejalari ham ta’sir körsatdi. 4 aprel kuni Xitoy Qöşma Ştatlardan keladigan barça mahsulotlarga 34 foizlik javob tariflarini joriy qilişi haqidagi xabar neft narxi pasayişini tezlaştirdi. Uşbu çora-tadbirlar 10 apreldan kuçga kiradi.

















