Jahon | 22:37 / 01.10.2016
5316
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya parlamenti mamlakat armiyasining Suriya va Iroqdagi operatsiyalarda qatnashish vakolatini uzaytirdi

Foto: © AFP

Turkiya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat qurolli kuchlarini Iroq va Suriyada qo‘llashga ruxsatni yana 13 oyga uzaytirdi.

Mandatni uzaytirish haqidagi masala 1 oktabrda parlamentning kuzgi sessiyasining birinchi yig‘ilishida qo‘rib chiqildi. 

Turkiya parlamenti 2014 yil oktabrida mamlakat qurolli kuchlarini xorijda qo‘llash va mamlakat hududida xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishiga ruxsat bergandi. Mandat bir yil davomida amal qilgan, so‘ngra u yana bir yilga uzaytirilgandi.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid