Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal bo‘yicha JCh. Eron o‘z tarixida ilk marta bronza medallarni qo‘lga kiritdi
Eron terma jamoasi mini-futbol bo‘yicha 2016 yilgi jahon chempionatining 3-o‘rini uchun Portugaliyaga qarshi kechgan uchrashuvda penaltilar seriyasida g‘olib bo‘ldi va mundialning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2, penaltilar seriyasi esa 4:3 hisobi bilan yakunlandi.
Eron terma jamoasi mini-futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi Osiyo terma jamoasi bo‘ldi. Eron shu vaqtgacha 10 marta yarim finalda o‘ynagan va uchinchi o‘rin uchun bahslarda yutqazgandi.
Jahon chempionati Kolumbiyada 10 sentabrda boshlanib, uchrashuvlar Kali, Medelin va Bukaramang shaharlarida o‘tdi. Hammasi bo‘lib musobaqada 24 jamoa ishtirok etdi.
Futzal bo‘yicha jahon chempionati, 3-o‘rin uchun bahs
Eron - Portugaliya - 2:2. Penaltilar seriyasi - 4:3
Gollar: Kozimiy (25'29"), Mahdi Javid (35'39") — Kardinal (20'29", 20'48")
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:21 / 11.06.2026