Jamiyat | 19:04 / 03.10.2016
8617
2 daqiqa o‘qiladi

Benedikt Kamberbetch “Sherlok”ning yakuniga ishora qildi

Foto: Getty Images

Britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetch “Sherlok” serialining yakuniga yetish ehtimoli borligini aytdi. GQ jurnaliga bergan intervyusida u yaratuvchilar loyihaga “hech qachon” demasligini, lekin 4-fasldan keyin uning taqdiri noaniqligini ta'kidladi. 

“To‘g‘risini aytganda, serialning davri poyoniga yetayotganga o‘xshaydi. Biz to‘laqonli, yakunlangan film yaratdik, shu bois biroz vaqt kuzatamiz”, - dedi aktyor. 

Kamberbetch Sherlokning roliga qaytish uchun doim tayyor ekanligi va bu obrazdan butkul voz kechish haqida o‘ylagisi kelmayotganini qo‘shimcha qildi. 

Bugungi kunga kelib, serialning uch fasli ekran yuzini ko‘rdi. To‘rtinchi fasl premerasi 2017 yilning yanvariga mo‘ljallangan. 

“Sherlok” teleseriali 2010 yilning iyul oyidan buyon BBC One’dan efirga uzatiladi. Ushbu serial Rossiyaning Birinchi kanalida ham namoyish qilinadi. Artur Konan-Doyl asaridagi voqealar zamonaviy Londonga ko‘chiriladi. Kamberbetchdan tashqari bosh rollarda Martin Frimen (doktor Vatson), Rupert Greyvs (inspektor Lestreyd), Endryu Skott (Moriarti) va Una Stabbs (Xadson xonim) namoyon bo‘lgan. 2016 yilda “Sherlok”ning maxsus soni “Eng yaxshi telefilm” yo‘nalishida Emmi mukofotini qo‘lga kiritdi. 

Mavzuga oid