Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi nashrlardan biri "O‘zbekiston prezidenti saylovlari oshkoralik va ochiqlik muhitida o‘tishi"ga ishonch bildirdi
Yevropada nashr etiladigan ommabop Diplomat Magazine jurnalining navbatdagi sonida joriy yil 4 dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mavzusiga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqqan. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.
Unda alohida ta'kidlanishicha, saylovlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligi talablariga muvofiq ravishda oshkoralik va ochiqlik muhitida o‘tadi. Nashrning yozishicha, ushbu voqea respublikadagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘taradi.
Diplomat Magazine o‘z o‘quvchilarini saylovlarga tayyorgarlik jarayonlarining kechishi bilan tanishtirar ekan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida saylovni o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilganini ma'lum qiladi.
Ma'lumki, siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e'lon qilingan kundan kamida 6 oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga 2015 yil 29 dekabrda kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi. Bu 214 ming 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi. Imzolar kamida sakkizta ma'muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma'muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.
Nashr jurnalxonlarni ana shunday muhim ma'lumotlar bilan tanishtirgani barobarida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida qatnashishga taklif etilganini ham qalamga olgan.
“Ularning ishtiroki saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda o‘tishidan dalolat beradi”, deb yozadi Diplomat Magazine.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026