Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada haydovchisiz avtobuslar yo‘nalishi ishga tushdi
Agar yaqin yillar ichida Fransiyaning Lion shahriga tashrif buyurishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, albatta haydovchisiz elektron avtobuslar qatnaydigan Konflyuans tumanini ko‘zdan kechiring. Transport vositasi tuman aholisini bepul olib yuradi, qolganlar 20 km/soat tezlikda harakatlanadigan avtonom jamoat transportida ozgina yo‘l haqi evaziga sayr qilishlari mumkin.

Navya kompaniyasining avtopilotli avtobusi maksimal tezligi — 45 km/soat, biroq sinov jarayoni davomida u chegaralangan. 1350 m uzunlikdagi yo‘nalishda beshta bekat mavjud bo‘lib, ular orasida «Birlashish muzeyi» va «Syukriyer» ko‘rgazma markazi joylashgan.
Avtonom mikroavtobuslar yo‘nalishi bo‘ylab xavfsiz harakatlanish uchun sensorlar tizimi, stereoskopik kamera, lidar, GPS navigatsiya va harakat datchiklaridan foydalaniladi. Yo‘nalish yil davomida tajriba asosida harakatlanadi. Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida har bir avtobuslarda operator harakatni kuzatib boradi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026