Jahon | 14:32 / 04.10.2016
8670
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya plutoniyni yo‘qotish bo‘yicha AQSh bilan kelishuv ijrosini to‘xtatdi

Rossiya Vashingtonning nodo‘stona harakatlari tufayli AQSh bilan plutoniyni qayta ishlash bo‘yicha mavjud kelishuv ijrosini to‘xtatadi. Bu haqda, Rossiya prezidentining huquqiy ma'lumot saytida e'lon qilingan qarorida so‘z yuritilgan. 

«Rossiya Federatsiyasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatlari o‘rtasidagi plutoniyni qayta ishlash hamda mazkur sohada hamkorlik qilish bo‘yicha mavjud bitim ijrosi to‘xtatilsin», — deyiladi hujjatda. 

Qayd etilishicha, «AQShning Rossiyaga nisbatan nodo‘stona harakatlari tufayli strategik barqarorlik holatlarining tubdan o‘zgarishi va AQShning ortiqcha jangovar plutoniyni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro shartnomalarda olgan majburiyatlarini bajarmayotgani hamda Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini ta'minlash yuzasidan zudlik bilan zaruriy choralar ko‘rish maqsadida» shunday xulosaga kelingan.

Mavzuga oid