Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Checheniston rahbarligiga kirishadi

Bugun 5 oktabr kuni Ramzon Qodirovning Checheniston rahbari lavozimini boshlashi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi. Qodirov ushbu lavozimga ilk marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Tantanalar respublika poytaxti Grozniy shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi. Ta'kidlanishicha, bu sana Qodirovning 40 yoshga to‘lishi va Grozniy shahrining 198 yilligiga ham to‘g‘ri kelgan.
18 sentabrda bo‘lib o‘tgan yagona saylov kunida 13 yilda ilk marotaba Checheniston rahbari bevosita saylovlarda xalq tomonidan saylandi. Unda, 97,94 foiz saylovchi Qodirov nomzodiga ovoz bergan.
Aytish joizki, Qodirov ilk marta respublikani 2007 yil 5 aprelida boshqarishni boshlagan. O‘shanda u endigina 30 yoshga qadam qo‘ygan edi. Davlat rahbari Vladimir Putinning tavsiyasi bilan Checheniston parlamenti uning nomzodini tasdiqlagandi.
2007 yil oxirida o‘tkazilgan umumxalq referendumida respublika rahbari vakolatlari muddati 4 yildan 5 yilga uzaytirildi.
2011 yilda esa, u prezident Dmitriy Medvedevning tavsiyasiga binoan o‘z lavozimini saqlab qolgandi. 2013 yilda Checheniston parlamenti respublika rahbarini parlament emas, bevosita saylovlar orqali saylash to‘g‘risida qonunni qabul qildi. Shundan so‘ng, o‘tkazilgan ilk umumxalq saylovi Qodirov chechen xalqining ishonchini qozonganini isbotladi.
Shu kuni Grozniy shahar kuni munosabati bilan yirik bayram tadbirlari, turli xil ko‘ngilochar tomoshalar, konsertlar tashkil etilishi xabar qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi
Jahon | 18:28
-
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
Jahon | 18:26
-
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi
Sport | 18:24
Mavzuga oid

08:26 / 01.07.2025
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:04 / 08.05.2025