Jahon | 15:57 / 05.10.2016
9304
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning safdoshi Rossiyani payt poylab yotgan ayiqqa qiyosladi

Foto: Reuters

AQSh vitse-prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Maykl Pens Demokratlar partiyasining shu lavozimga nomzodi Tim Keyn bilan debat vaqtida Rossiyani ayiqqa qiyosladi.

"Rus ayig‘i hech qachon o‘lmaydi. U faqat payt poylaydi", deya Pensning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

U Suriyada "Rossiya harakatlariga qarshi javob" tayyorlashga chaqirgan. Shuningdek, Chexiya va Polshada Moskvaga qarshi raketa hujumidan mudofaa tizimini barpo qilish zarurligini ta'kidlagan.

Bundan oldingi xabarlarda, ushbu ikki siyosatchining teledebatida AQShning Rossiya bilan munosabatlarida qat'iy harakatlar boshlash zarurligi aytib o‘tilgani ma'lum qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid