O‘zbekiston | 19:15 / 05.10.2016
8151
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekistonda muhim siyosiy voqelik – Prezident saylovini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar barpo etilgan”

Foto: © AFP

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida shu yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga bag‘ishlangan matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda to‘planganlarga saylovoldi kampaniyasi faol bosqichga kirganligi ma'lum qilindi. Unda respublikadagi barcha siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish xohishini bildirgani ta'kidlandi. Saylov qonunchiligi va taqdim etilgan hujjatlarga asosan, MSK ularga saylovda ishtirok etish huquqini taqdim etgani qayd etildi. 

Bundan tashqari, brifingda kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan demokratik davlatni barpo etishga qaratilgan keng qamrovli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar xususida ma'lumot berilgan. 

Unda aytilishicha, saylov jarayonining barcha bosqichida oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida xalqaro kuzatuvchilarning ishtirokini ta'minlash, OAV bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga e'tibor qaratilgan. 

Brifingda ishtirok etgan Indoneziya respublikasi Ombudsmeni Amzulian Rifoiyning so‘ziga ko‘ra, saylovlar har bir davlatning taraqqiyot darajasini va fuqarolik jamiyati mustahkamligini ko‘rsatuvchi muhim siyosiy jarayondir, deb yozmoqda jahonnews.uz.

“Shu munosabat bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston davlat rahbarligi uchun saylovlarni o‘tkazishga o‘ta katta mas'uliyat va professional yondashish ijobiy fikrlarni uyg‘otadi, – degan A.Rifoiy. – O‘ylaymanki, respublika fuqarolari o‘z Vatanlarining kelgusi taraqqiyoti uchun bo‘lajak saylovlarda faol ishtirok etadi”.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda ushbu siyosiy hodisani demokratik talablarga to‘la mos ravishda o‘tkazish uchun barcha zaruriy sharoitlar va huquqiy asoslar barpo etilgan. 

 

Mavzuga oid