Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Rossiyaning yadro sohasida hamkorlikni to‘xtatganidan afsus bildirdi
AQSh Davlat departamenti Rossiyaning yadro sohasidagi ilmiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvni bir tomonlama to‘xtatganidan afsus bildirdi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.
5 oktabr kuni Rossiya hukumati RF va AQSh hukumatlari o‘rtasida yadro sohasida va «Rosatom» davlat korporatsiyasining AQSh energetika vazirligi bilan hamkorlik qilishiga oid kelishuvni to‘xtatgan edi.
Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin esa 3 oktabrda Rossiya va AQSh hukumatlari o‘rtasidagi plutoniyni qayta ishlash bo‘yicha kelishuv ijrosini to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkandi.