Sport | 14:08 / 06.10.2016
38795
3 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov bosh tansoqchisi: Fyodor Yemelyanenko – kim u?

Foto: © RIA Novosti

RF sport vazirligi 5 oktabr kuni Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan aralash janglar musobaqasi yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Bunga, aralash jang turlari bo‘yicha Grand Prix Akhmat 2016 musobaqasida voyaga yetmaganlar, xususan respublika rahbarining o‘g‘illari ishtirok etganiga oid xabarlar sabab bo‘lgan. Bu haqda TASS agentligi Rossiya sport vaziri o‘rinbosari Pavel Kolobkovga tayangan holda xabar qilmoqda.

Checheniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan musobaqada voyaga yetmagan bolalar ishtirokida ham aralash janglar qoidasi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilgan. Unda, respublika rahbarining 3 nafar o‘g‘li ham qatnashib, g‘olib bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, bu voqeadan xabar topgan Rossiya aralash jangovar yakkakurashlar ittifoqi (MMA) prezidenti Fyodor Yemelyanenko voyaga yetmagan bolalarning ishtirokida o‘tkazilgan bahslarni keskin tanqid qilgan. 

O‘z navbatida Ramzon Qodirov tansoqchilari rahbari Grozniydagi musobaqalarda bolalarning ishtirokini qoralagan Yemelyanenkoga o‘ziga xos uslubda javob qaytargan. 

«Axmat» jangovar klubi prezidenti va Ramzon Qodirov xavfsizlik xizmati rahbari Abuzayd Vismuradov, Fyodor Yemelyanenkoga Chechenistondagi bellashuvni tanqid qilishga haqqi yo‘qligini aytib, jangchiga yaqindagi mag‘lubiyatini xotirlatgan, deb yozmoqda «Chempionat» nashri.

«Axmat» klubi prezidenti Instagramdagi sahifasida fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

«Grand-Prix Akhmat 2016 Final bellashuvlaridagi bolalar o‘rtasidagi bahslar respublikada MMAni ommalashtirish maqsadida tomosha sifatida o‘tkazilgan. Ammo, negadir Fyodor Yemelyanenkoga bu narsa yoqmapti. Savol tug‘iladi — kim u bizning musobaqa va bellashuvlarimizga baho beradigan?», - degan Abuzayd Vismuradov. 

«Biz qonun doirasidan chiqqanimiz yo‘q, ammo bizga aql o‘rgatishlariga ham yo‘l qo‘ymaymiz. Tomosha janglari ruxsat berilmagan yoki taqiqlangan bandni ko‘rsating, o‘shanda suhbatni davom ettiramiz», - degan Vismuradov.
 

Mavzuga oid