Jahon | 23:01 / 06.10.2016
14130
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyadagi mehmonxona internet-sensatsiyaga aylandi

Foto: Hotel Villa Honegg

Markaziy Shveytsariyadagi 5 yulduzli mehmonxona sayohatchi bloger o‘z instagramida u haqda qisqa videoni joylashtirgandan keyin internet-sensatsiyaga aylandi, deb yozmoqda The Local.

Rolik 120 mln ta namoyish va ko‘plab repostlar to‘pladi.

Firvaldshtet ko‘li sohilida joylashgan mehmonxonadan olingan videoda bir odam tomdagi suv havzasiga kirganda, u yerdan tog‘larga ajoyib manzara ochiladi.

Mehmonxona rahbarining aytishicha, shundan keyin mehmonxona ma'murlari kunu-tun tinmay qo‘ng‘iroqlar qabul qilishmoqda, butun dunyodan yuzlab xatlar kelmoqda. 

Ta'kidlanishicha, mehmonxonadagi o‘rinlar 2017 yil apreligacha egallab bo‘lingan.  

Mehmonxonadagi eng arzon xona narxi taxminan 500 dollarga yaqinni tashkil qiladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid