Jahon | 21:30 / 07.10.2016
6603
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus prezidenti xalqi islohotlarga tayyorligiga shubha bildirdi

Foto:© MIA

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazishga tayyorligini aytdi, biroq bunga xalqining tayyorligigi borasida shubha bildirdi.

Minsk Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan yangi yordam dasturini muhokama qilmoqda. Bu yordam 10 yilga 2,28 foizlik ustama bilan 3 mlrd dollarlik kredit bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Yangi hamkorlik dasturi bo‘yicha muzokaralar Belarus iqtisodiyotini erkinlashtirish bilan bog‘langan. 

"Men istalgan, hattoki eng qat'iy islohotlarga tayyorman. Xalqaro valyuta jamg‘armasi talab qilayotgandan ham qat'iyrog‘iga. Biroq masala boshqa narsada: siz unga tayyormisiz? Men xalq vakillariga murojaat qilmoqdaman", deb aytdi 7 oktabrda Lukashenko parlament deputatlari bilan Minskdagi uchrashuvda.

Uning ta'kidlashicha, ba'zi fuqarolar turmushni yaxshilash uchun islohotlar o‘tkazilishi zarurligini aytmoqdalar, biroq u bundaylarda qanday islohotlar zarurligi haqida aniq tushuncha borligiga shubha bildirdi. 

Lukashenko mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzumni sindirishga urinishlar borligidan ogohlantirdi, biroq "iqtisodiyotda qiyinchiliklar borligini" tan oldi. "Biroq ular fojiali emas, ularni yengsa bo‘ladi. Bu bizning kamchiligimizdir. Birinchi navbatda – hukumatning. Eng katta masala – eksport", deb aytdi Belarus prezidenti.    

"Bizning iqtisodiy model yashovchanligini, eng noqulay bozor kon'yunkturasida zarbani ko‘tara olishini namoyish qildi", deb ta'kidlab o‘tdi Lukashenko. Uning aytishicha, mamlakat iqtisodiyotdagi salbiy tendensiyalarni yengib o‘tib, rivojlanishning barqaror sur'atlariga chiqishi kerak.

 

Mavzuga oid