Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Chili tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida memorandum imzolandi
7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chilining Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Xuan Eduardo Egigurenani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Chili tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida memorandum imzolandi. Imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradagan mazkur hujjatda o‘zaro manfaat kasb etadigan ikki tomonlama va xalqaro masalalar bo‘yicha muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Muloqot davomida turli sohalarda, jumladan BMT va boshqa ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasida O‘zbekiston—Chili munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun o‘zaro qiziqish hamda yetarli salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Mavzuga oid
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
16:44 / 16.11.2025