FJShMMI saylovoldi kampaniyasi monitoringini boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishi monitoringi bo‘yicha mustaqil Institut (FJShMMI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayyorlash va o‘tkazish doirasida saylovoldi kampaniyasini monitoring qilish ishlarini boshlab yubordi. Ma'lumki, shu yilning 9 sentabrida O‘zbekiston MSK 2016 yilning 4 dekabrida Prezident saylovini o‘tkazishni e'lon qilgan edi.
Ushbu faoliyat davomida asosiy e'tibor saylov okruglari va uchastkalari, saylov komissiyalarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolarni yig‘ish, nomzodlarni ilgari surish, saylovoldi tashviqotini olib borish jarayoniga qaratiladi. Eng so‘nggi bosqichda, FJShMMI mutaxassislari bevosita saylovning o‘tkazilishi va natijalarini aniqlashni qamrab olishadi.
Monitoringning dastlabki va so‘nggi natijalari keng jamoatchilikka havola etiladi. Unda, saylov qonunchiligini bajarish holati, O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar aks etadi. Shu bilan birga, aholining saylov madaniyatini oshirish hamda saylov qonunchiligini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Institut matbuot xizmatida qayd etishlaricha, monitoring milliy qonunchilik va xalqaro me'yorlar negizida ishlab chiqilgan uslub bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda, YeXHT inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi (IHDIB) va xalqaro tashkilotlar hamda ichki kuzatuvchilarning tavsiyalari e'tiborga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Institut 2007 va 2015 yillardagi prezidentlik saylovi hamda 2009 va 2014 yillardagi parlament saylovida ham monitoring faoliyatini olib borgan. Uning natijalari jamoatchilik orasida keng muhokama qilinib, saylov qonunchiligi va xalqaro me'yorlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, OAVda saylov huquqlari va jarayonini tushuntirish, ularni amaliyotga joriy qilish borasida qator chiqishlar tashkil etilgan edi.
Bularning barchasi, Institut vakilining so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasi demokratik tamoyillar va xalqaro me'yorlar asosida o‘tkazishga, saylov jarayonining barcha bosqichida qonunchilik talablariga rioya etishni ta'minlashga imkon beradi.
FJShMMI tomonidan 2015 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda fuqarolik kuzatuvi amalga oshirilgani YeXHT IHDIB tomonidan qayd etilgan edi.
Ta'kidlash joizki, saylovlarni fuqarolik kuzatuvi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini ta'minlash, davlat ishlarini olib borishda bevosita ishtirok etish, ovoz berish va haqiqiy demokratik saylovlarda saylanishiga imkon berishga qaratilgan jamoat nazoratining amaliy ko‘rinishidir.
FJShMMI faoliyati, aytish mumkinki, saylov jarayoni, fuqarolarning o‘z qarashlarini erkin ifoda etishining oshkora va shaffof bo‘lishi kafolatidir, - deya qayd etishdi Institut matbuot xizmatida.
Mavzuga oid

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi

10:38 / 24.02.2025