Jahon | 17:36 / 08.10.2016
8500
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiya bilan vizalarni bekor qilishi mumkin

Foto: Sputnik

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining bayonotiga ko‘ra, Anqara Moskva bilan avval joriy qilingan viza cheklovlarini tezroq bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayapti. Bu haqda, TASS axborot agentligi xabar qilmoqda

«Xabaringiz bor, inqirozgacha (Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq holat) mamlakatlarimiz fuqarolari o‘zaro vizasiz kirib-chiqishlari mumkin edi. Vizasiz munosabatlar, turizm, savdo va umuman davlatlarimizga foydalidir. Albatta, biz vizasiz munosabatlarni tiklash borasida aloqalarni davom ettirayapmiz», — degan Turkiya vaziri. 

Zeybekchining qayd etishicha, savdo-iqtisodiy munosabatlarning avvalgi darajasiga erishish uchun Rossiya tomonidan turk importiga joriy qilingan cheklovlar bekor qilinishi lozim. 

Mavzuga oid