Jahon | 22:03 / 09.10.2016
5258
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Klinton va Tramp o‘rtasidagi debatlar 260 kinoteatrda ko‘rsatiladi

Foto: AP

AQShda prezident lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp o‘rtasidagi teledebatlar 260 kinoteatrda jonli tarzda ko‘rsatiladi, deb xabar bermoqda Fox Carolina.

Ta'kidlanishicha, ushbu kinoteatrlar taxminan 40 ta shtatda joylashgan.  

Kinoteatrlarga kirish uchun chiptalar faqatgina ularning kassalarida sotiladi.

Avvalroq Tramp maslahatchilari milliarderning debatlarga yetarlicha tayyormasligi uning reytinglariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanayotganlari ma'lum qilingandi. 

Nomzodlar orasidagi birinchi debatlarni 84 mln kishi tomosha qilgan. Bu 1980 yildan beri rekord natija bo‘ldi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid