Jahon | 22:54 / 09.10.2016
9938
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yamanda topilgan snaryad bo‘lagi AQShda tayyorlangan bo‘lishi mumkin

Foto: Twitter.com/ paul tyson

TV News jurnalisti tvitterda Yaman poytaxti Sanoda motam marosimi o‘tayotgan binoga berilgan snaryadning suratini chop etdi. Uning aytishicha, snaryad AQShda ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin.

"Sanodagi maydondan topilgan snaryad bo‘lagi. Yamanlik mutaxassisning fikricha, u AQShda tayyorlangan", deb yozdi jurnalist.

Hujum oqibatida kamida 155 kishi halok bo‘lgan, 250 dan ko‘proq kishi yaralangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Sano meri Abdulqodir Hilol ham bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid