Jahon | 19:38 / 10.10.2016
5127
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada AQSh dengiz-piyoda qo‘shinlari joylashtirilishi mumkin

Foto: © AP

AQSh dengiz-piyoda korpusining 300 nafar harbiy xizmatchisi Norvegiya g‘arbiy sohillaridagi Vernes garnizoniga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda, Norvegiyaning Adresseavisen gazetasining saytida xabar qilgan.

Norvegiya mudofaa vaziri Ine Eriksen Syoreydening nashrga yo‘llagan maktubida yozilishicha, AQSh tomonidan haqiqatdan ham shunday taklif bildirilgan. Biroq, hozircha, ma'muriyatda ham, parlamentda ham bu masala muhokama etilmagan. Vaziyatdan xabardor manbalar mazkur reja tez orada hukumat tomonidan tasdiqlanishini aytishgan. Ammo, jurnalistlar murojaat qilgan parlament deputatlari bu narsadan xabari yo‘qligini bildirishgan.

Adresseavisen nashrining yozishicha, gap amerikalik harbiylarni yarim yillik muddatga joylashtirish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.  

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid