Jahon | 09:33 / 10.10.2016
4338
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyadagi tungi klubda portlash ro‘y berdi

Foto: AFP

Dushanbaga o‘tar kechasi Shvetsiyaning Malmyo shahridagi "Vavilon" nomli tungi klubda portlash ro‘y berdi. Bu haqda Sydsvenskan xabar bergan.

Noma'lum shaxslar klubga kiraverishga portlovchi qurilma o‘rnatishgan. Portlash tufayli birinchi qavatdagi derazalar oynalari to‘kilib ketgan.

Mahalliy politsiya hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini ma'lum qildi. Tuman hududi o‘rab olingan.

Huquq tartibot organlari aholini shahar markazida bo‘lish xavfli ekanidan ogohlantirgan.

Hozircha portlovchi qurilmani o‘rnatganlar kimligi haqida ma'lum emas.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid