Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kashmirdagi universitetni ozod qilish uchun kun davomida ikkinchi marta amaliyot o‘tkazildi
Foto: aljazeera.com
Hindiston huquq-tartibot organlari xodimlari Jammu va Kashmir shtati hududidagi universitet binosini jangarilardan ozod qilish uchun ikkinchi marta amaliyot o‘tkazdi.
Bir necha jangaridan iborat kichik guruh 10 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:30da Shrinagardan 10 km masofadagi Pampor shahrida joylashgan Jummu va Kashmir korxonachilikni rivojlantirish instituti binosiga hujum uyushtirgandi.
Dastlabki talqinlarga ko‘ra, jangarilar bino hududiga Jyelam daryosi orqali suzib kelishgan. Ular universitet binolaridan biriga o‘t qo‘yishgan.
Otishma vaqtida harbiy xizmatchilardan biri jarohatlangan.
Mahalliy nashrlar ma'lumotiga ko‘ra, seshanbaga o‘tar kechasi maxsus xizmatlar harakatlarni jadallashtirishgan. Tunda binoda 2 marta kuchli portlash ovozlari eshitilgan. Jangarilarni binodan chiqishga majbur qilish uchun og‘ir qurollar qo‘llangan. Bundan tashqari, bino atrofi yorug‘ bo‘lishi ta'minlangan. Bundan maqsad jangarilarning qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bino garovga olinganida unda talabalar bo‘lmagan. Binoda bo‘lgan oshpazlar muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan.
Shu yilning fevral oyida ham jangarilar bu binoga hujum qilishgandi. O‘shanda jangari guruh 2 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan, 3 nafar jangarini yo‘q qilish uchun o‘tkazilgan amaliyot davomida 3 nafar harbiy halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
14:33 / 27.02.2026
Ta’lim maskanimi yoki diplom fabrikasi: oliy ta’limda bugun standartlar qanday?
07:49 / 21.02.2026
O‘qishga to‘langan kontrakt pulining 12 foizini qanday qaytarib olish mumkin?
13:04 / 20.12.2025