23:48 / 11.10.2016
16516

Pekinda mingdan ko‘proq harbiy norozilik namoyishiga chiqdi

Foto: Ng Han Guan/AP

Pekinda mingdan ko‘proq harbiy Xitoy mudofaa vazirligi binosi yonida bir necha soat davom etgan norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu namoyishdan avval Xitoy armiyasi sobiq harbiylarining 50 dan ko‘p chiqishi bo‘lgan. Joriy namoyish esa Pekinda uzoq vaqtdan beri birinchi katta ko‘lamli aksiya bo‘ldi.   

Namoyish katta sondagi qo‘riqchilar borligi bilan ajralib turdi: voqea joyida bir necha yuzlab politsiyachilar bo‘lgan, ulardan ko‘pchiligi fuqarolik kiyimida bo‘lgan. Qo‘lga olinganlar va ularning umuman borligi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. 

Kommunistik partiya ramziga ega yashil formada bo‘lgan namoyishchilar o‘z shiorlarini hayqirganlariga qaramasdan, namoyish sabablari va undagi talablar haqida ko‘p narsa ma'lum emas. Ko‘pchilik namoyishchilar xorijlik jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortishgan. Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida ham bu haqda hech narsa aytilmagan.

Mahalliy jurnalistlar namoyishlarni Xitoy raisi Si Tszinpinning 300 ming harbiyni qisqartirish haqida o‘tgan yili bergan va'dasi bilan bog‘lashmoqda. Minsheng Guancha sayti bosh muharriri Li Feyyuning aytishicha, namoyishchilardan ko‘pi faqatgina armiyada xizmat qilib, agar ular bo‘shatilsalar ularga ish o‘rinlari yoki pensiyalar taqdim qilinishini talab qilmoqdalar.

 

Top