O‘zbekiston | 22:23 / 11.10.2016
30567
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida savdo hududi paydo bo‘ladi

Foto: podrobno.uz

Janubiy Qozog‘iston viloyati akimi (hokimi) Janseit Tuymebayev Qozog‘istonga tashrif buyurgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda akim matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar vaqtida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda savdo aylanmasini tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.  

Bundan tashqari, davlatlar Janubiy Qozog‘iston viloyatida ikki davlat chegarasida savdo hududi va amaliy aloqalarni muvofiqlashtirish uchun maxsus ishchi guruh yaratishga kelishib olishdi. Joriy yilga belgilangan  tadbirlar doirasida Chimkentda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. 

Rozuqulov tashrif vaqtida viloyatda biznesni yuritishning imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xususan, o‘zbekistonlik mehmonlarga "Ximfarm", "Kaz Kioti" traktor zavodining ishlash jarayoni ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, delegatsiya tarkibiga kirgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar traktor zavodi bilan sherikchilik aloqalarini o‘rnatish istagini bildirdilar. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid