Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar muhim ijtimoiy masalalarni yechish bo‘yicha dasturlarni qabul qiladi
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston respublikasi va 12 viloyatda aholi hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan infratuzilma obektlarini rivojlantirish hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha 14 ta o‘rta muddatli dasturlar loyihalarini tayyorlanadi.
13 oktabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, vazir o‘rinbosarlari, bir qator vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan majlisida rahbar xodimlarga aholi hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan infratuzilma obektlarini rivojlantirish hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha 14ta o‘rta muddatli dasturlar loyihalarini tayyorlashni tugallash va tasdiqlash uchun kiritish topshirilgan.
Bular qatorida suv, elektr ta'minoti, aholiga transport xizmatini ko‘rsatishni yaxshilash, mahalliy avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, maktabgacha ta'lim muassasalari va bozorlarni modernizatsiyalash, kam ta'minlangan va yosh oilalar uchun arzon uy-joylar qurish, aholini arzon dori vositalari bilan ta'minlash, ayollar, bolalar va pensionerlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash dasturlari ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025