Sport | 09:31 / 13.10.2016
12819
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston FIFAning yangi reytingida Rossiyadan ham yuqorida bo‘ladi

Foto: the-uff.com

FIFA terma jamoalarning navbatdagi reytingini 20 oktabr kuni e'lon qiladi. O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida Eronga yutqazib, Xitoyni mag‘lub etdi. Natijada terma jamoamizning ochkolari 4 ballga kamayadi va 617 ballni tashkil etadi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Natijada, O‘zbekiston terma jamoasi 46-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida 2-o‘rinda bo‘lishini ta'minlaydi. Chunki Rossiya terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvdagi mag‘lubiyati tufayli 14 pog‘ona pastlaydi. Bu esa Rossiya termasinning Top-50ni tark etishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston esa Osiyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Bizdan oldinroqda Eron (837), Avstraliya (663) va Janubiy Koreya (640) terma jamoalari joy egallashadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid