Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
2016 yil 12 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.
Senatorlar o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga muvofiq parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqishdan boshladilar.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Barcha ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Senatning yalpi majlisi davomida demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan 10 ta masala, shu jumladan, 4 ta qonun ko‘rib chiqildi. Ularning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni mustahkamlash uchun kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
19:45 / 13.06.2026