Alisher Usmonov O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqasi borligini inkor etdi

Foto: REUTERS
Alisher Usmonovning matbuot xizmati milliarderning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga ta'sir o‘tkazishi haqidagi ma'lumotlarni inkor qildi. Bu haqida tadbirkorning matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga aloqasi yo‘q, bu boradagi maqolalar esa mish-mishdan boshqa narsa emas", - deb yozadi Forbes tadbirkorning matbuot xizmati xabariga asoslanib.
"Bir necha marta aytilganidek, A.B.Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi", - deyilgan matbuot relizida. Shuningdek unda Usmonovning O‘zbekistonda ko‘p do‘stlari va qarindoshlari borligi ta'kidlangan.
Manbaga ko‘ra, agar O‘zbekiston rahbariyati qandaydir yordam so‘rab murojaat qilsa, Alisher Usmonov "foydasi tegishidan xursand bo‘ladi". Matbuot relizida shuningdek ishbilarmonning "tarixiy vataniga muvaffaqiyatlar va farovonlik" tilashi ma'lum qilingan.
Bundan avval Reuters agentligi ikki diplomatik manbasiga tayanib, O‘zbekistonning boshqaruv tizimiga doir xato ma'lumot bergan va Alisher Usmonovning hozirgi rahbariyatga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgan va "Toshkent aeroportida milliarderning samolyoti ko‘p kuzatilayotgani"ga ishora qilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chjye In poraxo‘rlikda ayblandi
Jahon | 12:36
-
25 aprel kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi
O‘zbekiston | 12:32
-
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 12:24
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025