Jahon | 08:02 / 14.10.2016
4067
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya shahri meri qochqinlardan o‘quvchilar avtobusidan foydalanmaslikni so‘radi

Foto: Globallookpress

Italiyaning Kalitstsano shahri meri Perandjyelo Olivero qochqinlarga antiqa iltimos bilan murojaat qildi. The Independent xabar berishicha, mer qochqinlarni o‘quvchilar yuradigan avtobusga chiqmaslikka chaqirdi.

Italiya hukumati shahardagi "Otel Lyuks" mehmonxonasida 40 nafar qochqinni joylashtirgan bo‘lib, ularning barchasi ertalab turli yumushlar bilan qo‘chaga chiqib, faqatgina 48 kishini sig‘dira oladigan ushbu avtobusdan foydalanishadi. Bu jamoat transporti esa o‘quvchilarni maktabga eltib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Oqibatda yo‘ldan chiqadigan o‘quvchilarga avtobusda joy qolmayapti.      

"Biz hech kimni majburlamayapmiz, hech narsani taqiqlamayapmiz, shunchaki iltimos qilmoqdamiz. Men bu muammoning yechimini izlamoqdaman va mer sifatida bunga javobgarman", deb aytdi Kalitstsano.

Kalitstsano shu bilan birga muhojirlar o‘zlarini namunali tutayotganlari va shahar hayotida faol ishtirok etayotganlarini qayd qilib o‘tdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid