Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama keksaygani va qulog‘i og‘irlashib qolganidan nolidi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Barak Obama keksayib borayotgani, qulog‘i yaxshi eshitmayotgani va ko‘zi xiralashganidan nolidi. U, AQSh prezidentligi uchun nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun qilayotgan ma'ruzasiga norozilik izhor qilgan ayolning savoliga shu tariqa javob bergan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Men qariyapman, sizni yaxshi eshitolmayman, ko‘ra olmayman», — degan Amerika prezidenti norozilik bildirayotgan amerikalik ayolga.
Qayd etilishicha, ayol Shimoliy Karolinada quvur yotqizilishiga qarshilik ko‘rsatish sifatida turli shiorlarni baqirib aytgan. Oqibatda, xabarlarga ko‘ra, AQSh prezidenti undan barcha da'volarni yozma ravishda taqdim etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
15:06
Abu-Dabida AQSh ishtirokida Ukraina va Rossiya muzokaralarining ikkinchi kuni boshlandi
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026