Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Brexit’dan chiqish kampaniyasi yetakchisi bo‘lgan Boris Jonson avvaliga YeIda qolish tarafdori bo‘lgandi
Foto: AFP
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri, Brexit tarafdorlaridan biri Boris Jonson Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish bo‘yicha kampaniyadan ikki kun avval gazeta uchun Yevropa Ittifoqi bilan birga bo‘lishning foydali ekanligi haqida maqola yozgan, deb xabar bermoqda Sunday Times.
"Jonsonning Britaniyani Yevropa Ittifoqida qolishga chaqiruvchi maxfiy maqolasi chop etildi. Tashqi ishlar vaziri bo‘lishdan avval Brexit’ qo‘llab-quvvatlash kampaniyasiga yetakchilik qilgan odam "Britaniya – buyuk davlat, dunyo kuchi. Dunyo va Yevropa uchun u Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan birlashsa foydali bo‘ladi", deb aytgan. Jonson shuningdek Brexit iqtisodiy silsilalarga, Shotlandiyaning mustaqilligiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Va u buni Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerakligini aytishidan ikki kun avval aytgan", deb ta'kidlamoqda nashr.
Jonson gazetalardan biriga Yevropa Ittifoqida qolishni qo‘llab-quvvatlovchi maqola yozgani bundan avvalroq ham ma'lum bo‘lgan, biroq uning matni 16 oktabrdagina chop etildi. Siyosatchining fikri tez o‘zgaruvchanligini ko‘rsatuvchi bu maqola OAVda shov-shuv keltirib chiqardi.
Mavzuga oid
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026