Jahon | 21:45 / 16.10.2016
44765
2 daqiqa o‘qiladi

Putin jurnalistlarni AQSh maxsus xizmatlari tomonidan kuzatuv olib borilishidan ogohlantirdi

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml jurnalistlarini ular AQSh maxsus xizmatlari tomonidan kuzatilishlaridan ogohlantirdi. Putin bu haqda Hindistonda o‘tgan BRIKS sammiti yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi. 

"Siz bekorga kulyapsiz! Sizlardan har biringizga biror ish ochish mumkin. Balki ochilgandir ham. Va sizning suhbatlaringizni kuzatish mumkin", deb aytdi Putin.

"Chunki siz muayyan axborot tashuvchisizdir. Axir siz prezident puliga kirasiz, nimanidir eshitib qolishingiz, ko‘rishingiz, kimdir bilan gaplashishingiz mumkin, siz telefonda bemalol gap sotasiz va o‘ylagan yoki taxmin qilgan barcha narsangizni efirga olib chiqasiz. Bu qiziqish uyg‘otadi", deb aytdi Putin. 

Putinning aytishicha, Rossiya maxsus xizmatlari AQShnikidan farqli o‘laroq, faqatgina sudlar qarori bo‘yicha harakat qiladi.

E'tiborlisi, qandaydir vaqtda xonada chiroq o‘chib qolgan va jurnalistlar bunga "Ana! Bizni eshitishayotganini ko‘rsatishdi!", deyishgan, Putin esa "Nimadir yoqmaydigan narsa aytdimmi?" deb hazil qilgan.

14 oktabrda AQSh prezidenti ma'muriyati Rossiyaning go‘yoki AQShdagi prezidentlik saylovi borishiga aralashuviga javoban unga qarshi maxfiy kiberoperatsiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid