AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlagan urushi va Tehronning javob zarbalari – Yaqin Sharqdagi boy arab davlatlarining nafaqat xavfsizligiga jiddiy putur yetkazdi, balki iqtisodiy vaziyat va ularning imijiga ham ta’sir qilmoqda.

AQSh bazalarini nishonga olgan Eron dronlari tinimsiz ravishda Ko‘rfaz mudofaasini yorib o‘tib, aeroportlar, mehmonxonalar va ma’lumotlar markazlariga urilmoqda. Turizm inqirozga yuz tutmoqda, biznes markazlari falajlangan va Ko‘rfaz davlatlarini barpo etish yo‘lidagi o‘n yillik mehnatlar to‘satdan shubha ostida qoldi.

Reuters nashrining Ko‘rfazdagi jamoasi atigi besh kunlik urush davomida bu yerda hayot qanchalik ostin-ustun bo‘lib ketganini tushuntirib berdi.

Ko‘rfaz asoslari uchun sinov

O‘n yillar davomida Ko‘rfazning yuksalishi ikki asosiy tushunchaga tayangan: beqaror mintaqada uning shaharlari xavfsiz boshpana ekani va uzluksiz energiya eksportidan keladigan ulkan boylik oqimi to‘xtamasligi. Bu haftadagi voqealar har ikkala ustunni ham bir vaqtning o‘zida ehtimol, ortga qaytmas darajada larzaga keltirdi.

BAA osmonidagi Eron raketasi, 28 fevral / Foto: AP Photo

Birinchi bo‘lib, Ko‘rfazni mintaqadagi zo‘ravonliklardan xoli – xavfsiz hudud deb bilish tushunchasiga putur yetdi. Ushbu va’daning yaqqol timsoli bo‘lgan Dubay har qanday g‘alayon uning chegaralarida to‘xtaydi, degan tamoyil asosida qurilgan edi. Ammo Eronning aeroportlar, portlar va hashamatli obektlarga bir necha kunlik raketa va dron zarbalari bu sinchkovlik bilan yaratilgan brendni parchalab tashladi.

BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid dushanba oqshomida «Dubai Mall» savdo markazini aylanar ekan