4 mart kuni Oq uy ma’muriyatining yuqori martabali mulozimlari uruşning birinçi kunida Erondagi qizlar boşlanğiç maktabiga berilgan havo zarbasi ortida AQŞ turgan-turmaganini hali ham örganayotganini ma’lum qildi.

Eron davlat OAVlari va soğliqni saqlaş rasmiylariga köra, uşbu zarba Amerika-Isroil harbiy kampaniyasining hozirgaça bölgan eng halokatli hujumlaridan biri böldi. Hujum oqibatida kamida 175 kişi halok böldi, ularning aksariyati bolalar.

Maktab nega nişonga olingani yoki qaysi davlat qurolli kuçlari unga qarata öt oçgani hozirça noma’lum.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt çorşanba kuni tuşdan keyin ötkazilgan brifingda Amerika Qöşma Ştatlari maktabga havo zarbasi berganmi yoki yöqmi degan savolga: «Biz bilganimizça yöq. Uruş vazirligi bu masalani örganmoqda», deb javob berdi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt / Foto: New York Times

New York Times'ning yozişiça, bir neça daqiqa ötgaç, bu AQŞ zarbasi emasligiga biror dalil bormi yoki Isroilning uşbu hujumda iştiroki bor-yöqligi yuzasidan biron-bir baholaş ötkazildimi, deb qayta söralgan. «Yana qaytaraman, Uruş vazirligi ayni damda uşbu masalani suriştirmoqda», deya javob berdi Oq uy sözçisi.

Naşrning yozişiça, çorşanba kuni Pentagondagi brifingda Mudofaa vaziri Pit Hegsetdan ham uşbu zarba haqida söraldi.

«Aytişim mumkin bölgan yagona narsa — biz buni örganyapmiz. Biz, albatta, heç qaçon fuqarolik obektlarini nişonga olmaymiz, lekin biz vaziyatni körib çiqyapmiz va suriştiruv olib boryapmiz», dedi Hegset.

Zarba 28 fevral – uruşning birinçi kunida sodir bölgandi. Oradan 4 kun ötganini hisobga olsak, aybdor kimligi haqida hozirça aniq ma’lumot bölişi kerak emasmi, degan savolga Hegset: «Biz buni örganyapmiz», degan javobini takrorladi.