Eronning Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy OAV vakillari bilan uçraşdi. Elçiga köra, AQŞ va Isroilning hujumi – ğirromlik. Çunki hali muzokaralar davom etib turgan, AQŞ vitse-prezidenti mintaqaga kelişi kutilayotgan bir onda qöqqisdan hujum boşlangan. Heç qaysi davlatdan yordam söramadik, oxirigaça kuraşamiz, deya qöşimça qildi Iskandariy.

Sözi boşida Eron elçisi bu AQŞ va Isroilga qarşi emas, butun tafakkurga qarşi uruş ekanini aytdi.

“Men şuni faxr, iftixor bilan aytişim mumkinki, biz heç qaysi davlatdan yordam söramadik. Biz özimizni mudofaa qila oladigan kuçga ega deb hisoblaymiz. Hozir Amerika va Isroil bilan uruşmayapmiz, tafakkur bilan uruşyapmiz. Ya’ni hamma narsani öziniki qilişni istaydigan bir tafakkurga qarşi kuraşyapmiz. Biz, albatta, qiyinçiliklarga uçraymiz, lekin bu qiyinçiliklardan ötib ketamiz”, - deydi elçi Muhammad Ali Iskandariy.

Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari mintaqada harbiy mojaro boşlangaç harbiy bazalar saqlangani bois raketa hujumlariga uçragan arab mamlakatlariga hamdardlik bildirdi. Eronning Özbekistondagi elçixonasi esa prezident Şavkat Mirziyoyev oliy rahnamo Ali Xominaiy vafoti munosabati bilan hamdardlik xati yöllaganini ma’lum qildi. Elçiga köra, özbek xalqi va rasmiy Toşkent Eron bilan birdam.

Kun.uz elçidan insoniy talafotlar xususida söradi, çunki bu uruşning bölişi muqarrar edi va tomonlar buni bilardi. Uzoq va puxta tayyorgarligi sabab Isroil aholisini hujumlardan avval bombapanohlarga yuborayotgani sabab u yerda insoniy talafotlar kam. Biroq Eronda köproq odamlar nobud bölmoqda. Elçi bu vaziyatga öz izohini berib ötdi.

“Bizning oldimizda butun boşli AQŞ, Isroil va butun Ğarb koalitsiyasi turibdi. Ularning hammasi 1945 yildan beri Isroilni qöllab keladi. Masalan, yaqinda ham 50 milliard dollar yordam berişdi Isroilga. Birgina Amerikaning bir yillik harbiy budjetining özi bizning butun mamlakatimizning budjetidan bir neça baravar kattaroq. Hatto butun boşli Eron böylab ham aholini himoya qiliş uçun biz bombapanohlar qurib çiqqan taqdirda ham ularga yeta olmas edik. Hozir Eron xalqi mana şu hujumlar bölayotgan payti uylariga, pana joylarga yaşirinişning örniga köçaga çiqib namoyiş qilişyapti. Ularning uylari yomon emas. Albatta, ular uyda ötirsa, köçadan köra xavfsizroq böladi. Lekin ular özining haqqini talab qilib, köçaga çiqişyapti. Ikkinçi masala — bu yordam beriş masalasi. Masalan, bizda qayergadir bir bomba kelib tuşsa, öşa odamlar yordam beriş uçun, vayronalar tagida qolgan odamlarni çiqarib oliş uçun töplanib borişadi. Amerikaliklar buni kutib turişadi-da, öşa odam töplangan joyga yana ikkinçi zarbani berişyapti”, -