Jahon | 17:35 / 17.10.2016
8347
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson: Halab taqdiri Asad va rossiyaliklar qo‘lida

Foto: AFP

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning bayonot berishicha, Suriyaning Halab shahri taqdiri Suriya prezidenti Bashar Asad va rossiyaliklar qo‘lidadir. 

"Kelajak bo‘yicha, xususan Halabni qutqarish borasidagi yakuniy qaror Asad tuzumi va rossiyaliklar qo‘lida. Men buyuk rossiyaliklar xalqiga, boshqa yo‘lni tanlashlari hamda tinchlik tomon yo‘nalib, Jyenevadagi muzokaralarga qaytish yo‘lini tanlashlari uchun murojaat qilmoqchiman", — degan Jonson YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining kengashi avvalida jurnalistlar bilan muloqotida. 

Uning aytishicha, vazirlar uchrashuvida "Asad tuzumi, RF va Eronga qanday qilib bosim o‘tkazishni davom ettirish" muhokama etiladi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid