Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini: YeI Suriya tufayli Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llash fikrini ilgari surgani yo‘q
Foto: © AFP
YeI xavfsizlik va tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerinining bayonot berishicha, YeI mamlakatlaridan hech biri Suriyadagi vaziyat sabab Rossiyaga qarshi jazo choralari qo‘llash taklifini bildirmagan. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
«Hozirda a'zo davlatlardan hech biri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashni taklif etgani yo‘q. Biron bir yig‘ilishda bironta davlat vakili bu haqda so‘z yuritgani ham yo‘q», — degan Mogerini.
Uning ta'kidlashicha, ushbu mavzu YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida emas, balki OAVda faol muhokama etilayapti.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriyaning Halab shahridagi vaziyat tobora keskinlashgani bois, Rossiya va Suriya hukumatlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi mumkinligini aytgan edi.
Mavzuga oid
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:53 / 06.02.2026